2022 yilning 6—7 — mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovise aeroporti orqali 674 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 109 nafar ayol, 57 nafar voyaga yetgaman shaxs va 12 nafar chaqaloq olib kelindi.
«28 -fevraldan 7- martga qadar 19 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 359 nafar vatandoshimiz qaytarildi», deyiladi TIV rasmiy vakili axborotida.
7 -mart kuni yana bitta reysni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Polsha hududida O‘zbekistonning 350 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 80 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, qariyb 270 nafari esa Katovise aeroportiga joylashtirilgan.