Armanistonda atigi 540 gramm vaznda tug‘ilgan chaqaloq hayoti saqlab qolindi. Chaqaloq Yerevanga og‘ir ahvolda olib kelingan. Bu haqda MIR24 ma’lum qildi.
Vanadzor shahrida 23-haftada odam kaftidek bo‘lgan chaqaloq dunyoga keldi. Kichkina chaqaloqni qutqarish uchun uni zudlik bilan Yerevanga olib kelishgan. Bola 137 kunni Margaryon tug‘ruqxonasida o‘tkazdi, bir oy davomida maxsus qurilma yordamida nafas oldi.
«Hammasi yaxshi edi, keyingi voqealar juda tez sodir bo‘ldi. Tabiiy tug‘ilish boshlandi, men tug‘dim. Xudo uni qutqardi, bizga hayot berdi. Uni bu yerga olib kelishdi, ko‘p qiyinchiliklar bo‘ldi. Ammo shifokorlarimizga rahmat, uni saqlab qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishdi”, — deya ta’kidlagan chaqaloqning onasi Mariya Chicheva.
Bu Chichevlar oilasidagi to‘rtinchi farzand, ayolda ilgari bunday asoratlar bo‘lmagan. Ammo tug‘ruq paytida akusherlar yo‘ldoshdan ajralgan, deya tashxis qo‘yishgan. Bunday vaziyatlarda chaqaloqlar kamdan-kam hollarda omon qoladilar. Shifokorlar imkonsiz narsani qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Bugungi kunda Andreyning vazni 3,5 kilogramm, bo‘yi 49 santimetr.
“Bu vaqt davomida bola shifokorlarning diqqat markazida edi. Kardiologlar, oftalmologlar chaqaloq bilan ishladilar, ular barcha skrininglarni o‘tkazdilar. Uning ahvoli yaxshi, shuning uchun uni bemalol uyiga yuborishimiz mumkin”, — degan Armaniston sog‘liqni saqlash vaziri Anait Avanesyan.
Ketishga ruhsat berilganidan keyin shifokorlar yana bir yil davomida chaqaloqning sog‘lig‘ini kuzatishda davom etadilar. Hozir ushbu tug‘ruqxonada kamida 700 gramm vaznli yana sakkiz nafar chaqaloq parvarishlanmoqda.