Samarqand viloyat hokimining qarori bilan Rahmonova Zebiniso Po‘latovna viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Z.Rahmonova ushbu tayinlovga qadar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mazkur universitetda o‘qib, shu yerda ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangan Z.Rahmonova 2018-2020 yillarda Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 2020-2021 yillarda Samarqand shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.