Rossiyaga ketuvchilar uchun muhim maʼlumot aytib oʻtildi

Yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Moskva – Toshkent va Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma’lumot berdi.

Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar 9 martdan 14 martgacha, Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 2022 yilning 11, 13 va 14 mart kunlari amalga oshiriladi.