Toshkent shahrining ikki tumanida vaqtincha suv ta’minoti to‘xtatiladi

Yunusobod tumanidagi Bo‘z-suv suv olish inshooti hududida D-1000 tarmokda yuzaga kelgan nosozlik tufayli ushbu tarmoq o‘chirildi.

Bu haqda Suvta’minot axborot xizmati ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan suvsiz qolgan hududlar ro‘yxati:

Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida:
Firdavsiy, Shivli, Mingo‘rik, Yangi tarnov, Otchopar, Shahriston, Xalkobod, Ezgulik, Injobod, Otchopar 1, Otchopar 2, Xiyobontepa, Iftixor, Yangi Ariq, Turk Qo‘rg‘on, Usta Shirin, Markaz-4 mavzesi, 7-sonli shahar kasalxonasi, Oqqo‘rg‘on MFY.

Suvsiz qolgan hududlar suv tashuvchi texnika orqali suv bilan ta’minlanadi, deyiladi xabarda.