Axborot xizmati rahbarlari faoliyati samaradorligi reytingi e’lon qilindi
10 ta mezon bo‘yicha baholangan Respublika darajasidagi 139 nafar matbuot kotibidan 45 nafarining ish natijalari yuqori, 57 nafariniki o‘rta, 33 nafariniki qoniqarli, 4 nafarining faoliyati past darajada, deya baholandi.
Tuman va shaharlar hokimliklari kesimida 206 nafar matbuot kotibidan 14 nafarining faoliyati yuqori, 97 nafariniki o‘rta, 75 nafariniki qoniqarli, 9 nafariniki esa past darajada, deb topildi.