Qirg‘iziston Milliy banki tijorat banklari, ayirboshlash shoxobchalari va mikrokredit kompaniyalariga mamlakatdan Amerika valyutasini olib chiqishni vaqtincha taqiqladi.
17:30dan boshlab naqd AQSH dollarini respublikadan tashqariga olib chiqish taqiqlandi.
2022 yil boshidan 10 martgacha valyuta kursidagi keskin o‘zgarishlarni yumshatish maqsadida Qirg‘iziston Milliy banki jami 284,3 million dollarlik xorijiy valyutani sotish bo‘yicha beshta intervensiya o‘tkazdi.
Avvalroq, Rossiya Banki biznesda naqd pul uchun vaqtinchalik tartib joriy etgandi.
Rezidentlarga AQSH dollari, yapon iyenasi, funt sterling va yevroda 5000 dollargacha naqd pul yechib olish va faqat chet elga sayohat xarajatlarini to‘lash uchun ruxsat berilgan.
Avvalroq AQSH Rossiyaga dollar sotishga ta’qiq qo‘ygani haqida ma’lum qilgan edik.