Rossiya va Ukraina murosaga yaqinlashmoqda — Mixail Podolyak

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiya va Ukraina muzokaralar jarayonida murosaga yaqinlashayotganini aytdi. Bu haqda u “Kommersant”. nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Bundan tashqari Rossiya va Ukraina prezidentlarining uchrashuvi — barcha prosessual masalalar hal bo‘lganida va delegasiyalar o‘z ishini yakunlaganda bo‘lishi mumkin.

«Bizda u yoki bu manfaatlarni himoya qiladigan, Ukrainani shu kabi vaziyatlarning yana takrorlanmasligi nuqtai nazaridan zarbadan olib chiqadigan, Ukrainani to‘g‘ri ma’noda qandaydir kompensasion tarixga olib kiruvchi barcha takliflarimiz bor. Va men yana bir bor ta’kidlayman: Rossiya tomoni [vaziyatga] ancha adekvat qaramoqda. Ammo ular Ukraina emas, Rossiya qanday vaziyatga tushib qolganini 100% tushunishlari uchun yana biroz vaqt o‘tishi kerak», — deya ta’kidlagan Podolyak.

Delegasiyalar doimiy ravishda videomuloqotlar o‘tkazmoqda — bir kun avval bu formatni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov tasdiqlagan va Podolyak ishchi kichik guruhlar yaratilganini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish shartlari, Ukrainaning vayron bo‘lgan infratuzilmasiga yetkazilgan zararni qoplash masalasi, Rossiya qo‘shinlarini mamlakat hududidan olib chiqib ketish jarayoni va tinchlik kelishuvi shartlarini muhokama qilmoqda, deb yozadi “Kommersant”.