Namanganda soliq idorasi tizimiga ilk rahbar ayol tayinlandi

Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Muborak Bektemirovna Qodirova Yangi Namangan tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Muborak Qodirova 1969 yil 25 iyulda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1992 yili Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini 1989 yilda Namangan viloyati Arxitektura va shaharsozlik boshqarmasida kadrlar bo‘limi inspektori bo‘lib boshlagan. U 1993-2021 yillar davomida viloyat davlat soliq idoralarida turli mas’ul vazifalarda ish olib borgan.

Yangi tayinlovga qadar, ya’ni 2021 yil mart oyidan buyon Namangan viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.