Magniy tanqisligi, nega inson salomatligiga xavf tug‘diradi
Immun tizimining xavfli xujayralar tarqalishining oldini olishi ushbu mikroelement darajasiga bog‘liq.
Tadqiqotlarda magniy miqdori kam bo‘lgan organizmda zararli xujayralar butun tanaga tezroq tarqalishi, shuningdek, gripp virusidan himoyalanish kamayishi aniqlangan. Laboratoriya tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, o‘simtadagi magniy konsentrasiyasi ortishi bilan saraton xujayralariga qarshi immunitet kuchayadi.
Jigarrang dengiz o‘tlarida magniy miqdori nihoyatda ko‘p. Shuningdek, ko‘katlar, yashil sabzavotlar, dukkaklilar, donlar, yong‘oq va urug‘lar ham magniyga boy.
Magniyning kunlik miqdori erkaklar uchun 400-420 mg, ayollar uchun esa 320 mg.
Organizmda magniy yetishmasligining asosiy belgilari: bosh og‘rig‘i, soch to‘kilishi, yurak og‘rig‘i, asabiylashish, yuqori xolesterin, qorin og‘rig‘i, ayollarda xayz davridagi og‘riq, surunkali charchoq, mushaklar tirishishi, umumiy holsizlik, tirnoqlar mo‘rtligi.