“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–759-son, 14.03.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi
Qonun bilan biometrik pasport o‘rniga ID-kartalari joriy etilayotganligi sababli ayrim Kodekslar va qonunlarga ID-karta tushunchasi kiritildi.
Shuningdek, ID-kartalarni, xorijga chiqish biometrik pasportini yo‘qotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Oila kodeksida bolalarning tug‘ilishini qayd etish ota-onasining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 1 oy ichida amalga oshirilishi belgilandi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilishiga oid norma chiqarib tashlandi.
Yer davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda fuqarolarga uning o‘rniga berilayotgan uy-joy avvalgi uy-joyidan qimmatroq bo‘lsa, farq qilgan qiymat fuqarolar tomonidan qaytarib berilmaydi.
Ilgari 5 yilda qaytarilishi lozim edi.
Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
ID-karta berganlik uchun BHMning 89 foizi miqdorida boj undiriladi, xorijga chiqish uchun biometrik pasportni berganlik uchun esa BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi (ilgari BHMning 1,2 baravari edi).