13 – mart kuni taxminan soat 14:50 da Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahri hududidan o‘tuvchi Dashtobod – Zomin – Supa – Baxmal – Gʻallaorol 4R-40 yo‘lining 2-kilometrida ayanchli YTH sodir bo‘ldi.
Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan «KIA K5» va «Neksiya-2» avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport xodisasi ishtirokchilaring 2 nafari voqea joyida hamda 6 nafari shifoxonaga yetkazilgandan so‘ng ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etganlar.
«KIA K5» rusumli avtomashina haydovchisi I.A. yo‘l-transport hodisasidan olgan tan jarohatlari bilan Zomin tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.