Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga ko‘ra, migrantlar uchun asosiy muammo – patent olish tartibi qiyinligi va xarajatlarining ko‘pligi. Shuning uchun hozir Rossiyada ishlayotgan migrantlarning 30 foizdan ortig‘ida patent yo‘q. Patent xarajatlari bir kishiga bir yilga taxminan $1 700 dollarga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi muammo — kasb-hunarga oid taqiqlarning mavjudligi. O‘zbekistonlik migrantlarga turli sohalarda ishlash uchun cheklovlar bor. Masalan, o‘zbekistonlik migrantlarga dorixonalar, chakana savdo shoxobchalari va bozorlarda ishlash taqiqlanadi.
Yana bir muammo soliqlarning balandligi bilan bog‘liq. Rossiyada migrantlar jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq stavkasini 13 foiz o‘rniga 30 foiz miqdorda to‘laydi.
Shohnura Zayniyeva