«O’zbekiston temiryoʻllari aksiyadorlik jamiyati» ta’tilga yo’l olgan talabalar uchun chegirmalarni yo’lga qo’ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-sonli farmoniga asosan, chegirmalar barcha yo’nalishdagi poyezdlarga 15%, «Afrosiyob» yuqori harakatlanuvchi poyezdlariga 10% ni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, yangi yil ta’tilida barcha temiryoʻl va aviakompaniyalar talablar uchun 50% chegirma qilgan edi.
Yoʻldoshboy Roʻzmatov