17-18- martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi Bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Joriy yilning 17-20- mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.17-18 -martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18 -martda ba’zi joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin.
17- martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
18 -martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. 17-18 -martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
17 -martda Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 22-27 -m/s gacha kuchayishi mumkin. 18 -martda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.
19-20 -martda kechalari havo harorati 0-3 gacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havoda va tuproq yuzasida -1 -2 sovuqqacha bo‘lishi mumkin.
19-20 -martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarida harorat -2 -6 sovuqqacha, Qoraqalpog‘istonning shimolida ba’zi joylarda harorat -7 -10 sovuqqacha bo‘ladi.