Haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati 19-martdan 2-aprelgacha to’xtatiladi

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati tehnik-profilaktik sabablarga ko’ra bir muddat to’xtatiladi.

Hisob kitoblarga ko’ra har bir guvohnoma almashtirish punktiga kuniga 55-60 kishi kelganda to’liq qamrov uchun o’rtacha 4 yil sarflanishi rejalashtirilgan edi. Hozir esa bir kunda 500-600 nafar fuqaro murojaat qilmoqda.

Respublika boʻyicha eski namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo’lgan haydovchilar 5.7 mln nafarni tashkil etadi. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati ikki marotaba o’zgartirilgan edi.

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun vakolatli idora Ichki ishlar vazirligining YHXX tuman va tumanlararo bo’limlari hisoblanadi.

Bundan tashqari 2018-yilda tajriba sifatida Davlat xizmatlari markazida ham bunday xizmat yo’lga qo’yilgan edi. Bunda haydovchilar guvohnomani onlayn tarzda almashtirishlari mumkin boʻladi.

Shu paytgacha jami 74 ta punktda 2.6 mlndan ortiq haydovchilar eski guvohnomani yangisiga almashtirgan. Qolgan 3.1 mlndan ortiq haydovchilar esa haligacha bunga jiddiy qarashmagan.

Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida “prava”larni almashtirish muddatini 2023-yilning 31-dekabrigacha uzaytirish hamda xizmat ko’rsatuvchi punktlar sonini ikki baravar oshirish ishlari ko’rib chiqiladi.