Piyoda yurishning foydali jihatlari ma’lum qilindi

London unversitetining ikki olimi piyoda yurishning organizmga ta’sirini o‘rganish uchun 1970 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan barcha tadqiqotlar meta-tahlilini o‘tkazdi. Bunda 500 000 kishi ishtirok etib, ular o‘rtacha 12 yil davomida kuzatilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, quyidagi xulosaga kelindi:

— Asab tizimi – miya faoliyati, harakat va koordinasiyani yaxshilaydi, asab hujayralarini kislorod bilan boyitadi, tinchlantiradi, uyqu me’yorlashadi. Depressiya xavfini 30% ga, Alsgeymer kasalligini 40% ga kamaytiradi.

— Yurak-qon tomirlar tizimi – vegetativ asab tizimining holatiga ta’siri orqali qon bosimini kamaytiradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi. Yurish paytida oyoq mushaklarining ritmik qisqarishi va bo‘shashishi qon va limfa oqimini faollashtiradi, tomirlar kengayishining oldini oladi.

— Harakat-tayanch tizimi – metabolizmni oshiradi, ortiqcha kaloriyani yo‘qotadi va mushak massasi ortadi. Bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytiradi, harakatchanlikni oshiradi, ularni o‘rab turgan mushaklarni kuchaytiradi.

— Nafas olish tizimi – o‘pka ventilyasiyasini yaxshilaydi va hajmini oshiradi. Ko‘krak qafasi mushaklari nafas olish jarayoniga jalb qilingani sababli o‘pkaning ekskursiyasi kuchayadi va kislorod almashunuvi 30 % ga oshishiga olib keladi.

— Ovqat hazm qilish tizimi – o‘t pufagi va ichaklarning to‘lqinli harakatlarining oshishi tufayli o‘t qopida tosh paydo bo‘lishi va qabziyatning oldini oladi.

— Endokrin tizimi – yurganda mushaklar energiyani yog‘larning oksidlanishi va uglevodlarning parchalanishi hisobiga oladi. Bu ortiqcha vazn yo‘qotishda samarali ta’sir ko‘rsatadi va qandli diabet kasalligini oldini oladi.

— Muntazam yurish immunitetni mustahkamlaydi.

Har kuni yarim soat yoki bir soat piyoda yurish optimal hisoblanadi. Muhimi, muntazamlik. Davomiylikni shaxsiy holatga qarab asta-sekin oshirib borish kerak. Yurish bo‘lgach, odam erkin nafas olishi, yengil, yoqimli charchoq holatini his qilishi kerak.