Moliya vazirligi O‘zbekistonda “oq” oyliklar (rasmiy ish haqi) miqdori bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2021-yilda 4 685 900 nafar fuqaro o‘z oyligidan soliq to‘lagan. Ulardan 42,6 foizi – budjet, 57,4 foizi esa nobudjet tashkilotlar xodimlaridir.
Oyliklar kesimida o‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi 1 million so‘mgacha bo‘lgan “oq” oylik oladi — 1 616 800 odam.
Ikkinchi o‘rinda 2 milliondan 4 milliongacha oylik oladiganlar — 1 157 400 nafar odam. 1 130 100 nafar kishi 1 milliondan 2 milliongacha ish haqi oladi.
5 million va undan ko‘proq ish haqi esa 513 200 nafar xodimga beriladi. 268 400 ta xodim 4 milliondan 5 milliongacha maosh olishi qayd etildi.