Olis qishloqlardagi shifokorlarga ham qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Olis qishloqlarda faoliyat yuritayotgan tibbiyot mutaxassislariga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida tibbiyot xodimlari bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotda aytib o‘tdi.

Endilikda tajribali shifokorlarning yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beriladi

2 mingdan ziyod olis mahallalarda tibbiyot punktlari tashkil etiladi.

Endi 2022 yil 1 maydan boshlab “Qishloq shifokori” dasturi doirasida olis qishloqdagi shifokorlar oylik ish haqiga 2 mln. so‘m miqdorida oylik ustama haqi beriladi.

Olis qishloqlardagi shifokorlarga ipoteka asosida uy-joy sotib olish xarajatining 50 foizgacha qismi mahalliy byudjetlardan qoplab beriladi.

Bundan buyon olis va chekka hududda uzluksiz uch yil ishlagan shifokor klinik ordinaturaga imtihonsiz qabul qilinadi.

Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda kunduzgi stasionar ish vaqti soat 20-00 gacha uzaytiriladi. Ularda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ish haqiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Har yili 2 mingdan ziyod malakali shifokorlar pensiyaga chiqadi. Endilikda bunday tajribali shifokorlarning yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beriladi.

Kelgusi besh yilda dori-darmon va tibbiyot vositalari ishlab chiqarish hajmi 3 baravarga oshirilib, mahalliy dori vositalari bilan ta’minlash darajasi 80 foizga yetkaziladi.