Gulnora Karimovaga nisbatan noqonuniy ruhiy bosim o‘tkazilganligi ma’lum qilindi

16 mart kuni Zangiotadagi ayollar qamoqxonasi ma’muriyati ayni muassasada jazo o‘tayotgan Gulnora Karimovani tintuv qilgan. Bu haqda Karimovaning qizi Iman o‘zining instagramdagi sahifasida ma’lum qilgan.

“Afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda faktlarni e’lon qilishni boshlamagunimcha, yozma shikoyatlarim har safar e’tiborga olinmagani uchun yana ommaviy ravishda murojaat qilishim kerak. Yuzlab odamlar onamning sog‘lig‘i va ahvoli haqida xabar va ma’lumot so‘rab men bilan bog‘lanishadi. Vaziyat yaxshilangani yo‘q, hatto yomonlashishda davom etmoqda.

Onam Gulnora Karimovaga nisbatan “Kin-21” rahbari Gulruh Rasulovna tomonidan ko‘plab huquqbuzarliklar sodir etayotgani haqida ma’lum qilmoqchiman.

2022 yil 16 mart kuni onam joylashgan xonada “Kin-21” muassasasi boshlig‘i Gulrux Rasulovna tomonidan GUIN “topshiriq” bahonasida noqonuniy tintuv o‘tkazilgan.

Foto Instagram

Uning maqsadi nimadir izlash emas, balki onamni butunlay axloqiy jihatdan muvozanatdan chiqarish va shu bilan janjal va psixologik bosimni qo‘zg‘atish edi. Onamning barcha shaxsiy buyumlari olib ketilib, unga singan, yirtilgan holda qaytarilgan yoki umuman qaytarilmagan. Uning oilasi, nabirasi va hatto Qur’oni karim suratlarini Gulruh Rasulovna protokol tuzmasdan yirtib tashlagan.Instagram

Foto Instagram

Bundan tashqari, Gulruh Rasulovna onamga qo‘ng‘iroq qilmaslik, xat qabul qilmaslik va yozmaslik buyurgan, shu orqali uni dunyodan ajratib qo‘yishda davom etmoqda. U, shuningdek, onam bilan muloqot qiladigan va hatto shunchaki gaplashadigan har bir kishini dahshatga solib, ularni jazo kamerasiga qamab qo‘yadi. Aynan Gulruh Rasulovnaning yillar davomida qilgan harakatlari tufayli onamning advokatlari Greguar Manjoy va Fransua Zimerey shu yilning yozida BMTning O‘zboshimchalik asosida hibsga olish bo‘yicha ishchi guruhiga ariza bilan murojaat qilishgan va hozirda ish ko‘rilmoqda, deb yozadi Iman o‘zining sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova O‘zbekistonda 13 yilu 4 oylik qamoq jazosini o‘tamoqda.