Oʻzbekistonga Hindistondan shakar ortilgan mashinalar karvoni keldi

Hindiston ilk bor O‘zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg‘oniston orqali tranzit qilib jo‘natdi. 140 tonna yuk (asosan shakar) ortilgan mashinalar karvoni Kobuldan Toshkentga jo‘nab ketdi. Bungacha yuk «Mumbay – Karachi – Torkham» yo‘nalishi bo‘ylab kelgan.

Yuk jo‘natilishi Hindiston tomonidan xususiy ravishda tashkil etilgan. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit savdosi to‘g‘risidagi kelishuv uni amalga oshirish imkonini berdi.

«Endi bu [tranzit] muntazam ravishda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Pokiston portlari orqali istalgan davlatdan mahsulot olib kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi», — dedi Pokiston rasmiysi.