O‘zbekistonning ikki oydagi tashqi savdo aylanmasi 8,7 milliard dollarga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,7 milliard dollarni tashkil qilgan. Jumladan, eksport hajmi 4,1 milliard bo‘lib, shundan:
mahsulotlar — 3,7 milliard dollar;
xizmatlar — 348,5 million dollar.
Shuningdek, import hajmi 4,6 milliard dollarni tashkil etgan, shundan:
mahsulotlar — 4,3 milliard dollar;
xizmatlar — 304,6 million dollar.