Ijtimoiy tarmoqda Samarqand shahridagi “Golden Kids” bolalar bog‘chasida tarbiyachi bo‘lib ishlovchi ayolning u yerda tahsil olayotgan bolalarga nisbatan igna bilan jarohat yetkazgani aks etgan videolavhalar tarqaldi.
Samarqand shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu harakat 1992 yilda tug‘ilgan, Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.