Qonunchilikka ko‘ra:
➖o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi;
➖sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga reseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;
➖og‘ir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar reseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensasiya qilinadi;
➖keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi;
➖davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi.