Rossiyada Facebook va Instagram «ekstremistik tashkilotlar» deb e’lon qilindi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Moskvaning Tver tuman sudi Meta kompaniyasini (Facebook va Instagram’ga egalik qiladi) «ekstremist tashkilotlar» deb e’lon qildi va mazkur ijtimoiy tarmoqlarning Rossiyadagi faoliyati rasman taqiqlandi.
Sudning qarorida Instagram va Facebook’ni taqiqlash qarori zudlik bilan ijro etilishi belgilangan. Meta faoliyatiga nisbatan taqiq Whatsapp’ga nisbatan tatbiq qilinmaydi, deyabayonot bergan sudya.
Rossiya Bosh prokuraturasi Meta’ni «ekstremistik tashkilot» deb topishni talab qilgan, sababi kompaniya Facebook hamda Instagram’da ayrim mamlakatlarning rossiyalik harbiylarga nisbatan tahdidlari va chorlovlarini o‘chirishni rad qilgan, shuningdek, Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoga nisbatan o‘lim tilaklarini ham o‘chirmagan (14 -martda Meta prezidentlarga nisbatan o‘lim tilagini yozib post qoldirishni taqiqlagandi).