Toshkent viloyatida maktab va bog‘chalarda bolalarni o‘g‘rilashga urinayotgan ayol yuzasidan ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida maktab va bog‘chalarda bolalarni o‘g‘rilashga urinayotgan ayol xaqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 23 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarga yo‘l-transport hodisasi oqibatida olgan jarohati sababli ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi ayolning surati joylanib, Bo‘stonliq tumanida voyaga yetmagan bolalarni olib ketmoqchi bo‘lgani haqida audio xabarlar tarqatilgan.
Viloyat IIBBning qo‘shimcha qilishicha, yaqin muddat oralig‘ida Toshkent viloyatida hududida bunday holat kuzatilmagan va Ichki ishlar organlariga murojaat kelib tushmagan.
IIBB yolg‘on xabar tarqatish uchun qonunchilikda javobgarlik borligini yana bir bor eslatib, o‘zaro guruhlarda shu kabi ma’lumotlarni tarqatmaslikni, agarda, mana shunday holatlar kuzatilgan yoki shubha uyg‘otgan taqdirda “102” qisqa raqami va yaqin oradagi IIOga xabar berishni so‘ragan.