Qashqadaryoda o‘quvchi qiz Navro‘z bayramida raqs tushayotgan vaqtida hushidan ketib, vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qashqadaryoda o‘quvchi qiz Navro‘z bayramida raqs tushayotgan vaqtida hushidan ketib, vafot etdi» sarlavhali xabar tarqaldi.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova 17 yoshli qizning maktabda tadbir vaqtida vafot etishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Joriy yilning 19 -mart kuni Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi 33-maktabda 2005- yilda tug‘ilgan o‘quvchi qiz Navro‘z bayrami tadbirida raqs tushayotgan vaqtida hushidan ketib, vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgan qizning yoshligidan tutqanoq (epilepsiya) kasalligi bilan og‘rib kelgan.

O‘quvchini hushidan ketish holati kuzatilgan vaqtida maktab ma’muriyati tomonidan shoshilinch tez tibbiy yordamga murojaat qilingan.

Hozirda tegishli organlarning mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.