“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–168-son, 18.03.2022 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2022 -yil 1- apreldan mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan bo‘sh turgan davlat ob’yekti yoki yerlar aniqlanib:
2 000 kvadrat metrgacha ob’yektlar – hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksionga chiqariladi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar –
“Yerelektron” tizimi orqali yuborilgan onlayn-buyurtmanoma 3 kunda tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqiladi va ijobiy xulosa bo‘lganda, 2 haftada onlayn-auksionga chiqariladi;
Vazirlik va idoralar, hokimliklarning, 3 oydan ko‘p foydalanilmasdan bo‘sh turgan ob’yektlar ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi.
2023- yil 1 -aprelgaga “Universal Mobile Systems” MCHJni xususiylashtirish choralari ko‘riladi.
“O‘zdonmahsulot” AKning 25 ta don korxonasi 2022 -yil 1 -iyulgacha, qolganlari esa joriy yil yakunigacha bosqichma-bosqich savdoga chiqariladi.
2022 -yil yakunigacha “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asakabank” ATBning davlat ulushlari savdoga chiqariladi.
2023 -yil 1- iyulgacha AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, AT “Aloqabank”, “Agro bank” ATB, “O‘zmilliybank” AJlarning aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy joylashtiriladi.
Xususiylashtirishda boshlang‘ich narxni e’lon qilmasdan talabgorlarni muzokaralarga ommaviy taklif qilish yo‘li bilan sotish uslubi joriy etiladi.
Qaror bilan ommaviy savdolar orqali sotiladigan 1501 ta ko‘chmas mulk ob’yektlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxatga “Tashkent City” bog‘i ham kiritilgan.