Namanganda yo’l patrul xizmati hodimi haydovchiga nisbatan elektroshokerdan foydalangani aks etgan video tarqaldi.
Ma’lum bo’lishicha haydovchining barcha hujjatlari joyida bo’lgan va hech qanday yo’l harakati qoidalarini buzmagan. Haydovchining dekabr oyidan qolgan jarimani to’lamaganligi hamda yo’l patrul xizmati hodimining ko’rsatmalariga bo’ysunmagani natijasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Buning oqibatida YPX hodimi haydovchiga nisbatan bir necha bor elektroshokerdan foydalanadi.
Shundan so’ng avtomobil jarima maydonchasiga olib borildi va haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzildi. Shuningdek YPX hodimning harakatlari bo’yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda»,— deya xabar beradi Namangan YHXB axborot xizmati.
Eslatib o’tamiz, 2021-yilning 24-sentabrdan boshlab IIO hodimlari tomonidan elektroshokerlardan foydalanish boshlangan edi.