Аndijonda mahbus kameradagi sherigini o‘ldirib qo‘ydi

Andijon viloyatidagi qamoqxonada mahbus o‘zi bilan bir kamerada saqlanayotgan sherigini o‘ldirib qo‘ydi. Voqeaga mahbuslarning o‘zaro kelisholmay qolganligi sabab bo‘lgan.

Joriy yilning 21 mart kuni soat taxminan 15:00larda IIV huzuridagi JIED 3-son tergov hibsxonasida mahbus M.S. kamerada birga saqlanayotgan mahbus U.J. bilan o‘zaro janjal oqibatida bir-birlariga tan jarohatini yetkazishgan.

Natijada, mahbus M.S. olingan jarohatlar oqibatida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan, mahbus U.J. muassasaga qarashli kasalxonada davolanmoqda.

Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.