«O‘zgidromet» 26 mart kuni respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, 12–15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8–10 daraja iliq, kunduzi 13–15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 11–16 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 11–16 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 14–19 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.