O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi raisi o’rinbosari Nobel mukofotiga munosib ko’rildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Lyudvig Nobel mukofotini topshirish marosimi ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi.
Ahamiyatlisi shuki, O’zbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi o’rinbosari hamda O’zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Qirg’izboyevich Abduvaliyev 2022-yilgi Lyudvig Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.
Ushbu mukofot 1888-yilda tashkil etilgan va 2005-yilda qayta yo’lga qo’yilgan.
Bu sovrin insoniyat oldidagi buyuk ishlari va erishgan yutuqlari uchun taqdim etiladi.