Ozarbayjonning birinchi prezidenti Ayaz Mutalibov vafot etdi

Ozarbayjonning birinchi prezidenti Ayaz Mutalibov 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Report.az Sosial-demokratik partiyasi raisi Araz Alizodaga tayanib xabar bermoqda. Ma’lumotni respublika birinchi prezidentining o‘g‘li Zaur Mutalibov tasdiqladi.

Mutalibov Ozarbayjon SSRning yagona prezidenti (1990–1991) va Ozarbayjonning birinchi prezidenti (1991–1992) bo‘lgan. Siyosatchi uzoq vaqt og‘ir xastalikdan aziyat chekdi va yaqinda gapirish qobiliyatini yo‘qotdi.

Ayaz Niyozi o‘g‘li Mutalibov 1938 – yil may oyida Boku shahrida tug‘ilgan. Maktabdan keyin Ozarbayjon neft va kimyo institutida tahsil oldi. Uning faoliyati 1958-yilda boshlangan.