Namanganda o‘yinchoq to‘pponcha bilan bosqinchilik qilgan shaxslar qamaldi

Namanganlik fuqaro o‘zining jinoiy sheriklari bilan til biriktirib, furqat tumani Tomosha qishlog‘iga kelib, o‘yinchoq to‘pponcha yordamida fuqaro Husanov va tojikistonlik yigitni qo‘rqitadi va ularni avtomashinaga o‘tqazib, Norin daryosiga olib boradi.

Shundan so‘ng jinoyatchilar Husanovdan avvaldan mavjud bo‘lgan qarzi evaziga 1 500 AQSH dollari berishni talab qilib, uning tanasidagi turli xil joylarga qasddan urib, yonida bo‘lgan 400 AQSH dollarini o‘zboshimchalik bilan qo‘lga kiritishgan. Bu orada tojikistonlik yigitni ham o‘yinchoq to‘pponcha bilan qo‘rqitib, uning yonida bo‘lgan 11 600 AQSH dollarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudida jinoyatchilarning qilmishi qonuniy baholandi. Unga ko‘ra, sudlanuvchilar JKning 137-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlari, 164-modda 3-qismi «b» bandi va 229-modda 1-qismi bilan aybli deb topilib, JKning 59-moddasiga asosan Q.N. va M.I. 7 yil 1 oyga, B.A.ga esa 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.