Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G.E.” MCHJga “Toshkent suv ta’minoti” MCHJning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan yaroqliligini tekshirish uchun taqdim qilingan umumiy bahosi 219,2 mln so‘mlik 30 dona nasos agregatlarining yaroqsizligi to‘g‘risida soxta dalolatnomalar rasmiylashtirilib, ushbu nasos agregatlari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.