2022-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatdan qiymati 21 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 122,4 ming tonna kartoshka import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 42 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning dastlabki 2 oyida O‘zbekiston kartoshka import qilgan davlatlar:
— Pokiston– 91,3 ming tonna;
— Qozog‘iston – 12,6 ming tonna;
— Eron – 5,2 ming tonna;
— Rossiya – 4,4 ming tonna;
— Qirg‘iz R. – 4,3 ming tonna;
— Afg‘oniston – 4 ming tonna;
— Belarus – 631,6 tonna.