Zakot hamda Fitr ro‘zani plastik karta orqali o‘tkazib berish joizmi?

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati ma’lum qildi.

Ha, zakot, fitr sadaqasi va boshqa shu kabi sadaqalarni plastik kartalarga o‘tkazib berib, ado qilish joiz. Chunki plastikka pul tushganda ham muhtoj kishi unga to‘liq egalik qila oladi va xohlaganidek tasarruf qiladi. Plastikka pul o‘tkazish naqd pul berish bilan barobar. Demak, zakot, fitr kabi sadaqalarni muhtoj kishilarning plastik kartasiga tushirib berish bilan ham ado qilish mumkin, deyiladi xabarda.