HUMO kartalaridan noto‘g‘ri yechilgan pullar qachon qaytarilishi ma’lum qilindi

HUMO kartalari bilan muammo yuzaga kelgani ma’lum qilindi. Ogoh.uz HUMO kartalari bo‘yicha bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi.

“Bugun, 5 aprel soat 12:30dan 13:00gacha terminallarni HUMO qiyinchiliklar yuzaga keldi. Soat 13:00ga kelib bu holat bartaraf etildi va HUMO kartalari bilan barcha operasiyalar qayta tiklandi.

Biroq, soat 15:00dan keyin kartalardan mablag‘larning ikki marotaba yechib olish va muvaffaqiyatsiz tranzaksiyalar natijasida ham ikki marotaba yechib olishlar kuzatildi. Kelajakda bu kabi xavflar va nosozlik holatlari takrorlanmasligi uchun vaziyat sabablari to‘liq aniqlanib, bartaraf etilguniga qadar HUMO o‘z terminallari va to‘lov ilovalarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, hozirda mobil ilovalarning ishlashi qisman tiklangan, yaqin vaqt ichida HUMOning boshqa barcha xizmatlari to‘liq hajmda ishlay boshlaydi”, deyiladi xabarda.

Bizga ma’lum qilgan mutaxassisga ko‘ra, hozirda tizimda tuzatish ishlari olib borilmoqda, barcha noto‘g‘ri yechib olingan pullar bugunning o‘zida qaytarib beriladi.