Shahrisabzda shifokor pora bilan qo‘lga tushdi

Shahrisabz shahar «Teparlik» MFYda yashovchi shifokor I.U. pora bilan qo‘lga tushdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shifokor shaharning «Fayzabod» MFYda yashovchi K.A.ni harbiy bilim yurtiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirib, Mudofaa bo‘limida tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganligidan xabar topib, sog‘lomligi bo‘yicha tibbiy hujjatlar rasmiylashtirib berishi evaziga 500 ming so‘m talab qilgan.

Bu pullarni olgan vaqtida Shahrisabz shahar IIB va Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi xodimlari tomonidan ushlandi.

Qashqadaryo viloyati IIB ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.