Buxoro viloyatida 31 yoshli erkak 14 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgani uchun uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Viloyat ichki ishlar matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jinoyatchi mol boqish bilan shug‘ullangan tanishinikiga tez-tez mehmonga kelib turadi.
⠀
U tanishining 14 yashar Sh. ismli qizinining telefon raqamini bilib oladi va unga uyatli sms xabarlari yuboradi. Voyaga yetmagan qizga ajrashganini aytib, unga uylanishini va’da beradi.
⠀
Qizni o‘zidan 17 yosh katta bo‘lgan erkakning xabarlari qo‘rqitadi. Ota-onasining jahli chiqishidan qo‘rqib unga boshqa yozmasligini so‘raydi. Shunga qaramasdan erkak do‘sti bilan ko‘rishishni bahona qilib tez-tez ularning uyiga kelib turadi.
⠀
2020- yilning 14- noyabr kuni qiz maktabdan qaytayotganida, erkak qizning qarshiligiga qaramay, qo‘lidan ushlab, mashinasining orqa o‘rindig‘iga o‘tirishga majburlab, eshiklarini qulflab, darhol yurib ketadi. Fermer xo‘jaligida u qarshilik ko‘rsatayotgan qizni kuch bilan mashinadan sudrab olib chiqib, zo‘rlaydi.
⠀
Shunda erkak qizga bo‘lgan voqeani hech kimga aytmaslikni qat’iy tayinlab, 11 — sinfni tamomlagandan keyin unga uylanishni va’da beradi. U voyaga yetmagan qizni tez-tez uchrashuvlarga taklif qila boshladi va ular o‘rtasida jinsiy aloqa borligini kimgadir aytsa, bu haqida hammaga oshkor qilishini aytadi. Mish-mishlardan qo‘rqib, qiz bu uchrashuvlarga kelib turadi.
⠀
Qayta-qayta zo‘rlashlar qizni ruhan va jismonan ezadi. Qiz erkakning doimiy tahdidlariga chiday olmay, 2021- yilning 21 — yanvar kuni bo‘lgan voqeani onasiga aytib beradi. 22 — yanvar kuni ichki ishlar xodimlari tomonidan ish holatlari yuzasidan so‘roq qilinayotganda, erkak barcha aybni voyaga yetmagan qizga yuklaydi va u o‘zi uchrashishni taklif qilganini aytadi.
⠀
Voyaga yetmagan shaxsni zo‘rlash O‘zR Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan jinoyat hisoblanadi. Biroq O‘zbekiston Oliy sudi shantaj yo‘li bilan jinsiy aloqaga majburlash rozilik asosida jinsiy aloqaga tenglashtirilgan, degan qarorga keladi.
⠀
Viloyat sudi sudlanuvchini faqat 128-modda 2-qismi “a” bandi (“O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lish”)da nazarda tutilgan yengilroq jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topdi va jinoyatchining jinsiy aloqa rozilik asosida sodir etilganini qabul qildi. Erkakning qizga nisbatan ekspluatasiyasini esa inkor etadi.