Aviachiptaning haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin?

So‘nggi kunlarda soxta aviachiptalar sotish holatlari ko‘payayotganligi sababli aviakompaniya yo‘lovchilarga «Uzbekistan Airways» haqiqiy aviachiptasida quyidagi maʼlumotlar ko‘rsatilishi kerakligini eslatib o‘tdi:

• 13 ta raqamdan iborat ва 250 sonidan boshlanadigan noyob aviachipta raqami;

• aviachipta xarid qilgan agentlikning to‘liq manzili;

• aviachiptaning narxi, agentlik yig‘imi miqdori va xarid qilingan avaichiptaning tarifi;

• bagaj uchun ruxsat etilgan joy miqdori;

• «Uzbekistan Airways» aviaqatnoviga chiqish va ro‘yxatdan o‘tish vaqti tugashi haqida eslatma.

Shuningdek, xarid qilingan aviachiptani havolasi yoki Aloqa markazi raqami: 78 140 02 00 orqali tekshirib olish mumkin ekanligi eslatib o’tdi.