2022 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 109 tani tashkil etib, ulardan 13 656 tasi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, faoliyat kursatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 417 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
• Rossiya – 2 390 ta
• Xitoy – 1 967 ta
• Turkiya – 1 961 ta
• Qozog‘iston – 1 109 ta
• Koreya – 890 ta
Xorijiy kapital ishtirokida 2022 yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
• Rossiya – 107 ta
• Turkiya – 95 ta
• Qozog‘iston – 46 ta
• Xitoy – 45 ta