Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan akademik Y.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktori vazifasida ishlab kelgan Teshayev Bobur Qodirovich Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Malumot uchun, 36 yoshli Bobur Teshayev Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining umumiy va neyroendokrinologiya bo‘limlarida ishlab, tajriba orttirgan. Keyinchalik Surxondaryo viloyati Endokrinologiya dispanseri bosh vrachi lavozimida faoliyat yuritgan.

B.Teshayev Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktori vazifasida 2018 yildan buyon ishlab kelayotgan edi.