Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Hukumat qarori (183-son, 14.04.2022 y.) bilan Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, yer nazorati hokimliklar tomonidan, Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

Kadastr nazoratini esa Kadastr agentligi olib boradi.

Yer nazorati quyidagi asoslarga ko‘ra 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi:

• yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;
• elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;
• yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga ko‘ra;
• OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;
• sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

Kadastr nazorati kadastrni yuritishga masʼul organlar tomonidan Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun axborot berish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastrga oid qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.

yer