O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 5,4 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 4,9 ming tonna anor eksport qilgan. Bu haqda
Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumot berdi.
Anor eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 2022 yilning dastlabki ikki oyida eng ko‘p anor eksport qilgan davlatlar:
• Rossiya – 2,5 ming tonna
• Qozog‘iston – 1,7 ming tonna
• Tojikiston – 492 tonna
• Qirg‘iz R. – 239 tonna
Ikki oyda xorijga eng ko‘p anor eksport qilgan hududlar:
• Qashqadaryo viloyati – 998 tonna
• Surxondaryo viloyati – 823 tonna
• Toshkent viloyati – 767 tonna
• Farg‘ona viloyati – 661 tonna