Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In 16 aprel kuni yangi qurolni sinovdan o‘tkazish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda «Yonhap» xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, davlat rahbari yangi taktik boshqariladigan qurol tizimining sinovlarini ko‘zdan kechirgan va sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan. Raketalar 25 kilometrgacha balandlikka ko‘tarilib, 110 kilometr masofani bosib o‘tgan, maksimal tezligi 4900 km/soatni tashkil qilgan.
Sinovdan o‘tkazilagnan qurol, jumladan uning turi haqida boshqa tafsilotlar keltirilmagan. Kim Chen In, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Chen Sik, KXDR Mudofaa vazirligi qo‘mondonlik shtabi va yirik qo‘shinlar qo‘mondonlari bilan birga. jarayonni ko‘zdan kechirgan.