“O‘zgidromet” 18 aprel, dushanba kuni respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 16–18, kunduzi 27–29 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda chang ko‘chishi bilan birga sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8–13, kunduzi 16–21 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7–12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda chang ko‘chishi bilan birga sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14–19, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda chang ko‘chishi bilan birga sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14–19 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi.
Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda chang ko‘chishi bilan birga sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14–19 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq, yomg‘ir paytida 20–25 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda chang ko‘chishi bilan birga sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14–19, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda chang ko‘chishi bilan birga sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 27–32 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda chang ko‘chishi bilan birga sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7–12, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘ladi.