Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar qanday imtiyozlarga ega?

Qonunchilikka ko‘ra, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagilarga:

• respublikaning oliy harbiy taʼlim muassasalaridagi tegishli taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga;

• respublikaning OTM (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun OTMga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

• Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.