Haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxi bir oyda o‘rtacha 13,3 % ga oshganligi maьlum bo‘ldi

2022-yilning mart oyida haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari fevral oyiga nisbatan yaʼni bir oyda o‘rtacha 13,3 % ga oshganligi malum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 13,9 % ga qimmatlashgan.

Haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yaʼni bir yilda o‘rtacha 15,2 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

Avvalroq, Allamjonov bir paytlar boshqargan va haydovchilarni pul evaziga o‘qitib sertifikat bergan tashkilot (Avtotest) endi yagona haydovchilikka o‘qitish markaziga aylantirilgani haqida so‘z yuritgan edik.

Bu esa yagona monopol haydovchilarni “prava”ga o‘qitadi, qo‘liga haydovchilik guvohnomasi beradi, hamda topgan foydasi to‘liq o‘ziga qoladi degan xulosani anglatardi.