2022-yilning 1-choragida O‘zbekistonga 1,47 mlrd. AQSH dollari hajmida pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan.
Shuningdek, 2022- yilning yanvar-mart oylarida respublikamizga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 1,47 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.
Amalga oshirilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga oshgan (1,42 mlrd. AQSH dollar).
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda tijorat banklarida Zolotaya Korona, Western Union, Contact, MoneyGram, Migom, Unistream, RIA Money Transfer, Aziya-Ekspress, Intel Express, UPT kabi xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari ishlab turibdi.